uzbekcy@gmail.com
Toshkent shahar, Mirzo-Ulug'bek tumani, Niyozbek yo'li ko'chasi 6, 16-uy
Home
/
Biz haqimizda

Biz haqimizda

ch 30

Dunyodagi eng yirik tibbiyot muassasalaridan biri - CHUNG YEON

Sharq va G'arb tibbiyot an'analarining uyg'unligi

Chung Yeon shifoxonasi Sharq va G'arb tibbiyot an'analarini o'zida mujassam aylab optimal davo bilan ta'minlaydi. Biz bemorlarga kompleks davolanish tadbirlarini tavsiya etibgina qolmay, Sharq va G'arb tibbiyot an'analarini o'z ichiga olgan surunkali kasalliklarni davolash muolajalarini amalga oshiradigan eng yaxshi davolash tizimiga egamiz.

Xususan, Chung Yeon klinikasida umurtqa pog'onasi va bo'g'im og'riqlaridan xalos bo'lishingiz, insultdan keyingi reabilitatsiya muolajalarini, bolalar miyasi falaji (miya yarim falaj) bilan bir qatorda teri kasalliklari va semirishdan xalos bo'lishingiz mumkin. Bundan tashqari, Sharq va G'arb tabobatining samarali usullaridan foydalangan holda kosmetologiya xizmatlaridan o'tish imkoniyati ham mavjud.

2018 yil sentabr oyida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Koreya Respublikasi Sog'liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi huzuridagi Koreya sog'liqni saqlash sanoati instituti (KSSSI) o'rtasida imzolangan memorandum doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) huzurida Koreya sharq tabobati markazi ochildi. Markaz shifokorlari, Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar TTA talabalariga Koreya tibbiyoti bo'yicha darslar o'tdi. Bundan tashqari, Markaz o'quv jarayoni doirasida davolash amaliyotlarini ham amalga oshirdi. Asosiy maqsadi esa Koreyaning an'anaviy tibbiyotini yoritish va ilmiy-amaliy ishlarni olib borish.

2020 yil oktabr oyidan boshlab esa Chung Yeon shifoxonasining Toshkentdagi filiali shahar markazida qad rostladi. Endi o'zbekistonliklar davolanish uchun Janubiy Koreyaga borishlariga hojat qolmadi. Janubiy Koreyadan kelgan malakali shifokorlarimiz eng ilg'or texnologiyalardan foydalangan holda davolashadi. 

 

Bosh shifokor Seo Eun Bi

photo_2020-09-16_11-06-25

Ta'lim

Vongvan Koreya an'anaviy tibbiyot universiteti bakalavr darajasi

Vongvan Koreya an'anaviy tibbiyot universiteti magistr darajasi

Mehnat tajribasi

Vongvan universiteti Koreya tabobati bo'yicha mutahassis shifokor

Sarang Koreya an'anaviy tibbiyoti shifoxonasining tibbiy ko'rik va davolash bo'lim boshlig'i

Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) Koreya an'anaviy tibbiyoti shifokori

Honam shifoxonasida Koreya an'anaviy tibbiyoti bo'lim boshlig'i

Sesuncheon shifoxonasining Koreya an'anaviy tibbiyoti bo'lim boshlig'i

Chung Yeon Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti xalqaro hamkorlik bo'yicha maslahatchi

Toshkentdagi Chung Yeon Koreya tibbiyoti klinikasi rahbari